Bilasizmi? “Lokomotiv”ning milliy chempionatdagi o‘yinlari soni 450ta bo‘ldi ⚽️🚂

✅ 2004 yildan beri O‘zbekiston milliy chempionatida ishtirok etib kelayotgan “Lokomotiv” o‘tgan yil oliy ligada 16-mavsumini o‘tkazdi.

✅ “Temiryo‘lchilar” bu vaqt oralig‘ida faqat 2011 yilni birinchi ligada o‘tkazishgan. O‘tgan 16 mavsum statistikasiga qaraydigan bo‘lsak, “Lokomotiv”ning milliy chempionatdagi barcha o‘yinlari 450taga yetdi.

👉 Ma’lumot uchun, 8ta mavsumda har bir jamoa oliy ligada 26tadan o‘yinda qatnashgan. Bu 2004, 2005, 2010, 2012, 2013, 2014, 2019, 2020 yillarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, 7ta mavsumda jamoalar 30tadan uchrashuvda maydonga tushishgan. Bu esa 2006, 2007, 2008, 2009, 2015, 2016, 2017 yillarga to‘g‘ri keladi.

👉 Faqat bir mavsumda, ya’ni 2018-yil klublar 32tadan uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, esingizda bo‘lsa, o‘shanda chempionat ikki bosqichda olib borilgan hamda “oltin ochkolar” qoidasi amalda sinab ko‘rilgandi.