Futbolchilarimiz Olimpiya termasiga chaqirildi ✅

O’zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Shu boisdan, terma jamoa 10-16-noyabr sanasida Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inlarini tashkil qiladi. Ushbu yig’inga “Lokomotiv”dan Jaloliddin Jumaboyev, Dilshod Komilov, Avazbek O’lmasaliyev hamda Bobur Asqarov kabi futbolchilarimiz ham chaqiruv oldi.