📅 “Lokomotiv” Superliganing oxirgi 4ta turini yuqori to‘rtlikdan joy egallagan jamoalarga qarshi o‘tkazadi

👉 PFL rasmiy sayti Superliganing oxirgi 4ta turi uchun sanalarni e’lon qildi. O‘yinlar birinchi davraning oxirgi to‘rt turida bo‘lgani kabi markazlashgan tartibda emas, balki uy-safar tizimida o‘tkaziladi.

👉 “Lokomotiv” ikkita bahsni o‘z maydonida, yana ikkita o‘yinni safarda o‘tkazadi. Superliga turnir jadvalida “Paxtakor”, “Nasaf”, AGMK va “Qo‘qon-1912” ketma-ket o‘rinlarni egallab turganini yaxshi bilasiz. “Temiryo‘lchilar” so‘nggi 4ta turda aynan shu jamoalarga qarshi bahs olib borishadi.

⚽️ 23-tur. 19 noyabr, payshanba
LOKOMOTIV — AGMK

⚽️ 24-tur. 25 noyabr, chorshanba
QO‘QON-1912 — LOKOMOTIV

⚽️ 25-tur. 29 noyabr, yakshanba
LOKOMOTIV — PAXTAKOR

⚽️ 26-tur. 3 dekabr, payshanba
NASAF — LOKOMOTIV