“Metallurg”ga qarshi o‘yindan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Miklyayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Rostdan ham, qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Juda ko‘p vaziyat yaratildi, jangovar o‘tdi. Yigitlarga borini berib, harakat qilgani uchun rahmat aytaman. Gʻalabaga bir qadam qolgandi. To‘g‘ri, ikkinchi bo‘limda o‘yin asosan bizning darvozamiz yonida kechdi.
– Bugun so‘nggi daqiqalarda ochko yo‘qotildi. Umuman olganda Bekobodga qanday maqsad bilan kelgandingiz?
– Biz doim g‘alaba qozonishni istaymiz. Bugun ham bunga yaqin edik. Turnir jadvalidagi o‘rniga qaramasdan “Metallurg”ga qarshi yaxshi o‘ynab, g‘alabaga erisha olishimiz mumkinligini ham ko‘rsata oldik. 2 ochko yo‘qotilgani biroz alamli bo‘ldi, biroq 1 ochko ham yomon natija emas.
– “Lokomotiv” ketma-ket to‘rtinchi o‘yindirki, “Metallurg”ni mag‘lub eta olmayapti. Bunga nima sabab deb o‘ylaysiz?
– Chunki “Metallurg” ham kuchli jamoa. Buni so‘nggi paytlardagi jamoaning o‘yini va turnir jadvalidagi o‘rni orqali bilishimiz mumkin. Tarkibdagi futbolchilar uzoq vaqtdan buyon birga o‘ynamoqda. Biz esa yoshlarga tayanishga harakat qilyapmiz. Hali barchasi oldinda.