Dilshod Nuraliyev: “Nasaf”ni tabriklayman”

Coca Cola Superliganing 13-turidan o’rin olgan “Lokomotiv” – “Nasaf” (0:4) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev o’z fikrlarini bildirdi.
 “O’yinni, jamoaning ahvolini ko’rdinglar. Futbolchilar jismoniy jihatdan umuman tayyor emas. Men jamoani bitta yoki ikkita mashg’ulotdan keyin o’zgartirib yuboradigan sehrgar emasman. Futbolchilarning 90 foizini haydab yuborish kerak. O’yin haqida nima ham derdim, “Nasaf” jamoasini g’alaba bilan tabriklayman. Tarkibidagi futbolchilari yosh, harakatchan. Ularni to’xtatishga ulgura olmayapmiz” – dedi Nuraliyev.