“Lokomotiv” murabbiylar shtabida oʻzgarish 🚂⚽️

Kecha boʻlib oʻtgan “Nasaf”ga qarshi bahsdan soʻng futbolchilarimiz uch kunlik taʼtilga chiqishdi. Shundan soʻng ikkinchi davra oʻyinlariga tayyorgarlik boshlanadi.

Ikkinchi davra oldidan jamoamiz murabbiylar shtabida oʻzgarish yuz berdi. “Lokomotiv” PFK qaroriga muvofiq Andrey Miklyayev jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi. Unga yordamchi sifatida Timur Kapadze ish olib boradi.

Oxirgi uch oʻyinda “temiryoʻlchilar”ni boshqargan Dilshod Nuraliyev ikkinchi davrada ham “Lokomotiv” U-21 jamoasini boshqarishda davom etadi.