Futzal. AGMK – “Lokomotiv” 3:1

Bugun futzal bo’yicha O’zbekiston chempionati 3-tur bahslari 1-kun o’yinlari boshlandi.
Unga ko’ra, dastlabki uchrashuvda AGMK hamda “Lokomotiv” futzalchilari parketga chiqishdi. Poytaxtimizdagi “O’zbekiston” sport majmuasi mezbonlik qilgan uchrashuvda AGMKning 3:1 hisobidagi g’alabasi kuzatildi. Jamoamiz tarkibidan golni Husniddin Ashurov kiritdi.

AGMK – LOKOMOTIV 3:1
Gollar: Artur Yunusov (16), Anasxon Rahmatov (32, 34) – Husniddin Ashurov (19 dabl penalti).

“Lokomotiv” futzal jamoasining navbatdagi uchrashuvi 30-avgust kuni “Bunyodkor” sport majmuasida “Navbahor”ga qarshi bo’lib o’tadi. Bahs soat 17:00da start oladi.