Afsus, yana yutqazdik, lekin quvonchli xabar bor 🚂⚽️

“Lokomotiv” Superliganing 11-tur uchrashuvini “Qoʻqon-1912”ga qarshi oʻtkazib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu jamoamizning ketma-ket uchinchi magʻlubiyati boʻldi. 👇

Hozir oson boʻlmagan kunlarni boshdan kechiryapmiz va bunday holatga har qanday klub tushishi mumkin. Nasib qilsa tez orada “Loko” yana avvalgi mavqeyiga qaytadi.

Muxlislarimiz uchun esa quvonchli xabar bor. Kechagi bahsda Temurxoʻja Abduxoliqov jamoamizni sardor sifatida boshlab tushish bilan birga gol urishga ham muvaffaq boʻldi. U ikkinchi taymda qoʻqonliklar darvozasini ishgʻol qildi.

Shunday qilib Temurxoʻjaning Oʻzbekiston chempionati, Oʻzbekiston Kubogi, Osiyo chempionlar ligasi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi jami gollari 100taga yetdi va endilikda u ham Gennadiy Krasniskiy nomidagi toʻpurarlar klubi aʼzosiga aylandi.

Ushbu ajoyib koʻrsatkich bilan hujumchimizni tabriklaymiz va yana-da koʻp gollar urishini tilab qolamiz. 👏

⚽️ Temurxoʻja Abduxoliqovning 100ta goli:

Oʻzbekiston chempionati – 71 gol (“Paxtakor” – 22, “Lokomotiv” – 49)
Oʻzbekiston Kubogi – 14 gol (“Paxtakor” – 6, “Lokomotiv” – 8).
Osiyo chempionlar ligasi – 13 gol (“Paxtakor” – 4, “Lokomotiv” – 9).
Oʻzbekiston MTJ – 2 gol (Tailand, KXDR)