Oʻzbekiston Kubogi. “Lokomotiv” guruh oʻyinlarini 18, 21, 25-avgust kunlari oʻtkazadi

Xabaringiz bor, kecha Oʻzbekiston Kubogiga qurʼa tashlandi. Qurʼaga koʻra, 16ta jamoa toʻrttadan toʻrt guruhdan joy oldi. 👇

“Lokomotiv” Kubok oʻyinlarini “C” guruhida oʻtkazadi. Jamoamiz oʻz maydonida “Soʻgʻdiyona”ni qabul qilsa, safarda “Shoʻrtan” va “Buxoro”ga qarshi bahs olib boradi.

✅ Shuni aytish lozim, 15-avgustga qadar koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yaxshilansa, Kubok oʻyinlari uy-safar tizimida oʻtkaziladi. Agar vaziyat ijobiy oʻzgarmasa, unda markazlashgan holda oʻtkaziladi.

⚽️ 1-tur. 18-avgust, seshanba
“Lokomotiv” – “Soʻgʻdiyona”

⚽️ 2-tur. 21-avgust, juma
“Shoʻrtan” – “Lokomotiv”

⚽️ 3-tur. 25-avgust, seshanba
“Buxoro” – “Lokomotiv”

Shuningdek, jamoamiz ishtirokidagi Superliganing 14-tur bahsi 29-avgustga belgilangan.

⚽️ 14-tur. 29-avgust, shanba
“Andijon” – “Lokomotiv”