“Lokomotiv” birinchi davraning qolgan uchrashuvlarini qachon oʻtkazishi maʼlum 🚂

Bugun PFL Superliganing yangi taqvimini tasdiqladi. Unga koʻra, toʻxtab qolgan 10-tur uchrashuvlari 3-avgustdan davom ettiriladi.

“Temiryoʻlchilar” birinchi davraning qolgan toʻrtta oʻyinini 3, 7, 10, 13-avgust kunlari oʻtkazishadi.

⚽️ 10-tur. 3-avgust, dushanba
AGMK – “Lokomotiv”

⚽️ 11-tur. 7-avgust, juma
“Lokomotiv” – “Qoʻqon-1912”

⚽️ 12-tur. 10-avgust, dushanba
“Paxtakor” – “Lokomotiv”

⚽️ 13-tur. 13-avgust, payshanba
“Lokomotiv” – “Nasaf”