Rahmonjon Roʻziyev: Yaxshi oʻyin boʻldi

U-21 jamoamiz futbolchisi Rahmonjon Roʻziyev “Soʻgʻdiyona” U-21 bilan kechgan oʻyindan soʻng:

👉🏿 Yaxshi oʻyin boʻldi. Tarkibimiz yosh, lekin harakat qilyapmiz. Murabbiylarimiz mashgʻulotlarda koʻp narsani oʻrgatishyapti. Oldinda oʻyinlar koʻp, nasib qilsa gʻalaba qozonib oʻz muxlislarimizni xursand qilamiz.

👉🏿 Hammasi oʻz qoʻlimizda. Beshta turdan beri gʻalaba qozona olmayotganimiz alam qilyapti. Endi keyingi turni “Bunyodkor”ga qarshi oʻtkazamiz. Bu oʻyinda ham gʻalabani koʻzlab maydonga tushamiz.