4-turni oʻz maydonimizda oʻtkazamiz, oʻyin 19:00da boshlanadi

✅ 13-iyundan boshlab Superliganing 4-tur bahslariga start beriladi. Rejaga koʻra, “Lokomotiv” navbatdagi turni 15-iyun kuni safarda “Metallurg”ga qarshi oʻtkazishi lozim edi.

⛔️ Biroq karantin qoidalaridan kelib chiqib Bekobod “qizil” hududga kiritilgani bois PFL mazkur bahsni Toshkentga koʻchirishga qaror qildi. Natijada “Lokomotiv” – “Metallurg” uchrashuvi 15-iyunda “Lokomotiv” stadionida boʻlib oʻtadi va «Loko» mezbonlik qiladi. “Temiryoʻlchilar” ikkinchi davrada Bekobodga safar qilishadi.

⚽️ Coca Cola Superligasi. 4-tur
🚂 “Lokomotiv” – “Metallurg”
🏟 15-iyun. “Lokomotiv” stadioni. 19:00