⚽️ Superligada 1-davra oʻyinlarining yangi sanasi maʼlum

Koronavirus sabab Oʻzbekiston Superligasi 3-turdan soʻng toʻxtab qolgandi. Maʼlumki, maxsus komissiya tomonidan 5-iyundan boshlab yurtimizda futbol musobaqalarini davom ettirishga ruxsat berildi. 👇

Natijada PFL birinchi davra taqvimini yangicha usulda ishlab chiqdi. Unga koʻra, 4-tur bahslariga 13-iyundan start beriladi. “Lokomotiv” oʻz oʻyinini 15-iyun kuni safarda “Metallurg”ga qarshi oʻtkazadi. Birinchi davraning oxirgi uchrashuvi 8-avgustga belgilangan.

Quyida «Loko» ishtirokidagi birinchi davra taqvimini keltirib oʻtamiz:

⚽️ 4-tur. 15-iyun, dushanba
“Metallurg” – “Lokomotiv”

⚽️ 5-tur. 20-iyun, shanba
“Lokomotiv” – “Soʻgʻdiyona”

⚽️ 6-tur. 25-iyun, payshanba
“Bunyodkor” – “Lokomotiv”

⚽️ 7-tur. 1-iyul, chorshanba
“Lokomotiv” – “Qizilqum”

⚽️ 8-tur. 6-iyul, dushanba
“Surxon” – “Lokomotiv”

⚽️ 9-tur. 14-iyul, seshanba
“Lokomotiv” – “Mashʼal”

⚽️ 10-tur. 20-iyul, dushanba
AGMK – “Lokomotiv”

⚽️ 11-tur. 27-iyul, dushanba
“Lokomotiv” – “Qoʻqon-1912”

⚽️ 12-tur. 3-avgust, dushanba
“Paxtakor” – “Lokomotiv”

⚽️ 13-tur. 8-avgust, shanba
“Lokomotiv” – “Nasaf”

photo_2020-06-01_19-40-51