📆 Tarixda bugun. “Lokomotiv” – “Paxtakor” 2:1

Bundan besh yil avval aynan shu kuni “Lokomotiv” oʻz maydonida “Paxtakor”ni qabul qilgandi. 👇

Oliy liganing 6-turidan oʻrin olgan bahsni Ravshan Ermatov boshqarib borgan hamda “Loko” raqibi ustidan 2:1 hisobida zafar quchgandi. Shuni aytish joiz, oʻyindan oldin “Lokomotiv” PFK rahbariyati tomonidan “2015-yil – Keksalarni qadrlash yili” munosabati bilan bir guruh futbol faxriylari taqdirlangandi.

Bevosita oʻyinga toʻxtaladigan boʻlsak, dastlab 13-daqiqada Ruslan Koryan hisobni ochgandi. 51-daqiqada “temiryoʻlchilar” darvozasi tomon penalti belgilanib, Stanislav Andreyev hisobni tenglashtirgan. Lekin oradan 16 daqiqa oʻtib Ikrom Aliboyev “Loko”ga gʻalaba keltiruvchi gol muallifi boʻlgan.

Oliy liga, 6-tur. 27.04.2015

🚂 “LOKOMOTIV” – “PAXTAKOR” – 2:1

⚽️ Gollar: Ruslan Koryan, 13. Ikrom Aliboyev, 67 – Stanislav Andreyev, 51 penalti.

Bosh hakam: Ravshan Ermatov

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Shavkat Mullajonov, Ruslan Koryan (Temurxoʻja Abduxoliqov, 78), Lutfulla Toʻrayev (Damir Koyashevich, 72), Salim Mustafoyev, Timur Kapadze, Sanjar Shoahmedov, Nemanya Yanichich, Oleg Zoteyev (Jasur O. Hasanov, 54), Ibrohim Rahimov.

“Paxtakor”: Aleksandr Lobanov, Yegor Krimes, Adnan Oraxovas (Navroʻz Alimov, 87), Akbar Ismatullayev (Jaloliddin Masharipov, 68), Sherzod Karimov, Igor Sergeyev, Javohir Sohibov, Aleksandr Merzlyakov, Davron Hoshimov, Stanislav Andreyev (Bahodir Pardayev, 76), Vladimir Kozak.

ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ (https://t.me/LokomotivUzb)🇺🇿 | ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ (https://t.me/lokomotivru)🇷🇺 | ɪɴsᴛᴀɢʀᴀᴍ (https://www.instagram.com/pfc.lokomotiv/) | ғᴀᴄᴇʙᴏᴏᴋ (https://www.facebook.com/PFCLokomotiv/) | ᴛᴡɪᴛᴛᴇʀ (https://twitter.com/LokomotivUzb)