📆 Tarixda bugun. “Lokomotiv” – “Qizilqum” 3:1

Bir yil oldin shu kuni “Lokomotiv” oʻz maydonida “Qizilqum”ni qabul qilgandi. 👇

Superliganing 6-turidan oʻrin olgan ushbu bahsda “Lokomotiv” 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, hisobidagi ochkolar sonini 15taga yetkzib olgandi. “Temiryoʻlchilar” bu oʻyinga qadar OCHL doirasida “Al Ittihod” bilan 1:1 natijasini qayd etgan, shu bois jamoa “Qizilqum”ga qahshi uchrashuvda gʻalaba qozonmasa boʻlmasdi.

Oʻyinda dastlab Jamshid Iskanderov hisobni ochgan. U 3-daqiqadayoq raqib darvozasini ishgʻol qilgandi. 31-daqiqaga kelib Islom Toʻxtaxoʻjayev hisobni 2:0ga yetkazadi. Ikkinchi taymda Yovan Jokich kutilmaganda toʻpni oʻz darvozasiga kiritib qoʻyadi, biroq oradan bir daqiqa oʻtib Temurxoʻja Abduxoliqov gol urishga muvaffaq boʻladi.

Temurxoʻja 56-daqiqada penaltini amalga oshira olmagan, lekin 72-daqiqada gol urib baribir oʻz maqsadiga erishgan. Oʻyindan soʻng “Loko” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov shunday degandi: “Gʻalaba bilan tabriklayman. Oʻyin qiyin boʻldi. OCHLdagi durangdan keyin yigitlar oʻzlarini yoʻqotib qoʻymadi. Futbolchilarimiz xarakter koʻrsatishdi.Uchrashuv ustunligimiz ostida kechib, navbatdagi gʻalabani qoʻlga kiritdik”.

#Tarixdabugun

Superliga-2019, 6-tur. 27.04.2019

“Lokomotiv” – “Qizilqum” 3:1

Gollar: Jamshid Iskanderov, 3. Islom Toʻxtaxoʻjayev, 31, Temurxoʻja Abduxoliqov, 72 – Yovan Jokich, avtogol 71.

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzayev, Temurxoʻja Abduxoliqov (Filip Rayevas, 78), Husniddin Gʻofurov (Avazbek Oʻlmasaliyev, 46), Islom Toʻxtaxoʻjayev, Yovan Jokich, Davron Hoshimov, Oleg Zoteyev, Diyor Turopov (Aziz Haydarov, 65).

“Qizilqum”: Artyom Makosin, Erkin Boydullayev, Alisher Sanoyev, Fayzullo Qambarov, Salim Mustafoyev (Akmal Rustamov, 74), Eldor Boymatov, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Joʻrayev, Elguja Grigalashvili, Xurshid Olimov, Medina Smit (Sardor Jahonov, 46).

Bosh hakam: Asker Najafaliyev.

ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ (https://t.me/LokomotivUzb)🇺🇿 | ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ (https://t.me/lokomotivru)🇷🇺 | ɪɴsᴛᴀɢʀᴀᴍ (https://www.instagram.com/pfc.lokomotiv/) | ғᴀᴄᴇʙᴏᴏᴋ (https://www.facebook.com/PFCLokomotiv/) | ᴛᴡɪᴛᴛᴇʀ (https://twitter.com/LokomotivUzb)