2017-yilning 25-aprel kuni “Lokomotiv” oʻz maydonida OCHL doirasida Saudiya Arabistoni klubini qabul qilgandi. 👇
Uch yil oldin boʻlib oʻtgan ushbu oʻyinni juda yaxshi eslasangiz kerak. “Lokomotiv” “Al Taavon” jamoasiga qarshi bahs yuritib, uchrashuv gollarga boy tarzda kechgan va 4:4 hisobida yakun topgandi.
Shuni aytish lozim, bu oʻyinda Marat Bikmayev uch bor raqib darvozasiga toʻp kiritgan. Lekirn “temiryoʻlchilar” 3:1 hisobida oldinda borib ham gʻalabani saqlab qola olishmagan.
Hisob 3:3 boʻlganidan keyin oʻyin tugashiga 10 daqiqa qolganida Jaloliddin Masharipov gol urib gʻalaba keltirishga yaqin edi, biroq “Al Taavon” futbolchisi Rikardo Machada 90+1-daqiqada toʻp kiritib oʻyinning 4:4 hisobida yakun topishini taʼminlagandi.
🌏 Osiyo chempionlar ligasi. Guruh bosqichi. 25.04.2017
🚂 “Lokomotiv” (Oʻzbekiston) – “Al Taavon” (Saudiya Arabistoni) 4:4
⚽️ Gollar: Marat Bikmayev (21, 32, 47), Jaloliddin Masharipov (81)
“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Boburbek Yoʻldoshev, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev, Sardor Mirzayev (Murod Bobojonov, 85), Timur Kapadze (Salim Mustafoyev, 75), Islom Toʻxtaxoʻjayev, Oleg Zoteyev, Diyor Turopov (Quvondiq Roʻziyev, 67), Jaloliddin Masharipov.