⚽️ “Lokomotiv” Oʻzbekiston milliy chempionatlarida nechta gol urgan?

👉🏿 “Lokomotiv”ning Oʻzbekiston oliy ligasidagi ilk mavsumi 2004-yilga toʻgʻri keladi. 👇

2004 – 2019-yillar oraligʻida “temiryoʻlchilar” jami 15 mavsum milliy chempionatda ishtirok ettgan boʻlib, bu yilgisi 16-mavsum hisoblanadi. Shu vaqt oraligʻida bitta kam mavsum oʻtkazilgani sababi “Loko” 2010-yil quyi divizionga yoʻl olib, 2011-yilni birinchi ligada oʻtkazgan.

Quyida “Lokomotiv”ning 2004 – 2019-yillar mobaynida Oʻzbekiston milliy chempionatida nechta gol urganini keltirib oʻtamiz.

2004. 37 gol
2005. 39 gol
2006. 39 gol
2007. 25 gol
2008. 41 gol
2009. 34 gol
2010. 20 gol
2012. 43 gol
2013. 63 gol
2014. 58 gol
2015. 66 gol
2016. 77 gol
2017. 67 gol
2018. 35+23=58 gol
2019. 40 gol

✅ Shunda 15 mavsum ichida “Loko” jami 707ta gol urgan. Xabaringiz bor, 2018-yilgi Superliga ikki bosqichda oʻtgandi, shu bois gollarni alohida hisobladik.

✅ Eng koʻp gol 2016-yilga toʻgʻri keladi. “Temiryoʻlchilar” 77 bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilishgan. Eng kam gol esa 2010-yil urilgan boʻlib, atigi 20tani tashkil etgan.

✅ 2005 va 2006-yillarda “Lokomotiv” futbolchilari bir xil 39tadan gol muallifi boʻlishgan. Jamoamiz oʻtgan yil 40ta toʻp kiritib ikkinchi oʻrinni egalladi. Bu yilgi chempionatda nechta gol urishini karantindan keyin davom etadigan oʻyinlar davomida bilib boramiz.