Jamshid Asadovning yaqinlariga ta’ziya bildiramiz

Dunyo shunaqa ekan, ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi…

Kechagina oramizda yurgan yosh yigit bugun bu dunyoni tark etdi.

2018-yil Rossiyada o‘tkazilgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekistonga oltin medallarni taqdim etgan murabbiy endi oramizda yo‘q.

Jamshid Asadov yosh edi, orzulari ulkan edi. Afsus, bevaqt o‘lim uni erta olib ketdi.

Futbol klubimiz Jamshid Asadov ishlab kelgan 23-sonli mehribonlik uyi futbolchilari bilan bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelayotgandi.

Va bu kabi tadbirlarda Jamshid Asadovning qo‘shgan hisssasi katta edi.

“Lokomotiv” PFK yosh murabbiy Jamshid Asadovning vafoti bilan marhumning yaqinlari va oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘tganlarning oxirati obod bo‘lsin…