Tarixda bugun. “Lokomotiv” – “Zobahan” 1:1

2018-yilning 17-aprel kuni “Lokomotiv” o‘z maydonida Eronning “Zobahan” klubini qabul qilgandi. 🚂👇

OCHL guruh bosqichi 6-turdan o‘rin olgan mazkur bahs 1:1 hisobida yakun topgan. O‘yinda dastlab eronliklar hisobni ochgandi. 25-daqiqada Morteza Tabrizi gol muallifi bo‘lgan.

Kuchli yomg‘ir ostida o‘tgan bahsda “temiryo‘lchilar” oxirigacha kurash olib borishgan, keyingi bosqichga chiqish uchun faqat g‘alabagina “Loko”ni qoniqtirardi. Lekin yakunda uchrashuv 1:1 hisobi bilan tugagan. 72-daqiqada Diyor Turopov ham gol urgan, biroq uchrashuv hakami o‘yindan tashqari holat qayd etib golni hisoblamagandi.

90-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda esa Islom To‘xtaxo‘jayev to‘p bilan jarima maydonchasiga kirib, bir raqibini aldab o‘tgan holda darvozabonning ustidan to‘pni tushirib qo‘ygan.

Natijada durang “Zobahan”ni keyingi bosqichga olib chiqqan, “Loko” esa uchinchi o‘rin bilan guruhda qolib ketgandi. O‘sha yil “Lokomotiv” OCHL guruh bahslarida Qatarning “Al Duhayl”, BAAning “Al Vahda” hamda Eronning “Zobahan” klublariga qarshi maydonga tushgan.

OCHL. 17.04.2018

“Lokomotiv” – “Zobahan” 1:1

Gollar: Islom To‘xtaxo‘jayev, 90. – Morteza Tabrizi, 25.

“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 6.Nivaldo (19.Husniddin G‘ofurov, 80), 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov, 27.Sardor Rashidov, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteyev (Diyor Turopov, 77), 88.Igor Yelich.

Bosh hakam: Ko Xyung Jin (Janubiy Koreya).