Diyorjon Turopov: “Futbolni sog’indim”

“Lokomotiv” futbolchisi Diyorjon Turopov karantin paytida vaqtini qay tariqa o’tkazayotganini aytdi.
– Qanday mashqlar orqali jismoniy holatni ushlab turibsiz?
– Koronavirus sababli belgilangan karantin vaqitda jismoniy holatimni ushlab turish uchun deyarli xech nima qilganim yo’q. Chunki Superliganing 3-turi doirasida “Buxoro”ga qarshi o’yinda jarohat olgandim.

– Jarohatni davolaydigan mashqlarni bajarib turibsizmi?
– Kichik mashg’ulotlarni boshlaganimga 2-3 kungina bo’ldi, biroq bu hali jismoniy holatimni tiklab olish uchun yetarli deb o’ylamayman. Baribir yakka holdagi mashg’ulotdan ko’ra jamoaviy mashg’ulotlar orasida farq katta bo’ladi.

– Karantin vaqtida nimalar bilan bandsiz?
– Ayni damda asosiy vaqtimni dam olish, kino ko’rish, oilam bilan birga bo’lish va davolanish bilan o’tkazyapman. Futbolni sog’indim!