📕 Tarixni yodga olamiz: 2015-yil “Lokomotiv”da oʻynagan futbolchilar

Oʻzbekiston chempionatida yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib “Lokomotiv”ning 2015-yilgi natijalarini keltirib oʻtamiz. 👇

📕 2015-yilgi mavsum

✅ “Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi ishtirokini aynan shu yili boshlagan.

✅ “Temiryoʻlchilar” guruhda “Al Hilol”, “Al Sadd”, “Fulad” klublariga qarshi bahs olib borib, yakunda 4 ochko bilan oxirgi oʻrinda qolishgan.

✅ 2015-yil Oliy ligada ishtirokchilar soni ikkitaga oshirilib 16 taga yetkazilgan.

✅ 30 oʻyinning 23 tasida gʻalaba qozongan “Loko” 5 marta durang qayd etgan holda 74 ochko toʻplab ikkinchi oʻrinni egallagan.

✅ Jamoamiz chempion “Paxtakor”dan faqat bir ochko ortda qolgandi. “Loko”ning toʻplar nisbati 66-22.

✅ “Lokomotiv” oliy ligada faqat ikki bor magʻlubiyatga uchragan: “Nasaf” va “Paxtakor” bilan kechgan bahsda.

🏟 2015-yil uyda oʻtkazilgan oʻyinlar:

“Lokomotiv” – “Neftchi” 1:1
“Lokomotiv” – “Bunyodkor” 3:0
“Lokomotiv” – “Paxtakor” 2:1
“Lokomotiv” – “Andijon” 2:0
“Lokomotiv” – “Qoʻqon-1912” 1:0
“Lokomotiv” – “Qizilqum” 1:0
“Lokomotiv” – “Navbahor” 5:1
“Lokomotiv” – “Metallurg” 1:1
“Lokomotiv” – “Soʻgʻdiyona” 7:0
“Lokomotiv” – “Dinamo” 2:1
“Lokomotiv” – “Nasaf” 1:0
“Lokomotiv” – “Olmaliq” 4:1
“Lokomotiv” – “Buxoro” 2:0
“Lokomotiv” – “Shoʻrtan” 4:1
“Lokomotiv” – “Mashʼal” 1:0

👉🏿 Jamoamiz uydagi 15 uchrashuvning 13tasida gʻalaba qozonib, 2 bor durang qayd etgan.

👉🏿 “Lokomotiv” uydagi oʻyinlarda 41 ochko toʻplagan. Toʻplar nisbati 37-7.

👉🏿 Eng yirik gʻalaba “Soʻgʻdiyona” bilan kechgan bahsda qayd etilgan – 7:0.

👉🏿 Ikkita durang “Neftchi” va “Metallurg” bilan roʻy bergan.

✈️ 2015-yil safarda oʻtkazilgan oʻyinlar

“Metallurg” – “Lokomotiv” 0:0
“Soʻgʻdiyona” – “Lokomotiv” 1:3
“Dinamo” – “Lokomotiv” 0:1
“Nasaf” – “Lokomotiv” 1:0
“Olmaliq” – “Lokomotiv” 2:2
“Buxoro” – “Lokomotiv” 2:3
“Shoʻrtan” – “Lokomotiv” 0:4
“Mashʼal” – “Lokomotiv” 1:3
“Neftchi” – “Lokomotiv” 1:2
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” 0:1
“Paxtakor” – “Lokomotiv” 2:1
“Andijon” – “Lokomotiv” 1:2
“Qoʻqon-1912” – “Lokomotiv” 2:2
“Qizilqum” – “Lokomotiv” 0:2
“Navbahor” – “Lokomotiv” 2:3

✅ Safardagi oʻyinlarning 10 tasida zafar quchgan jamoamiz 3 bor durang oʻynab ikki marta magʻlub boʻlgan.

✅ Safar bellashuvlarida toʻplar nisbati 29-15. Jamoa 33 ochko toʻplagan.

✅ Safarda eng yirik gʻalaba “Shoʻrtan” ustidan qoʻlga kiritilgan – 0:4.

2015-yil “Lokomotiv” safida maydonga tushgan futbolchilar:

⚽️ Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov – 17 oʻyin.
Maʼmur Ikromov – 13 oʻyin.

⚽️ Himoyachilar:
Nemanya Yanichich – 25 oʻyin.
Islom Toʻxtaxoʻjayev – 24 oʻyin, 2 gol.
Salim Mustafoyev – 23 oʻyin, 1 gol
Oleg Zoteyev – 20 oʻyin, 2 gol.
Bobur Yoʻldoshev – 14 oʻyin.
Shavkat Mullajonov – 14 oʻyin.
Ibrohim Rahimov – 7 oʻyin.

⚽️ Yarim himoyachilar:
Sanjar Shoahmedov – 29 oʻyin, 14 gol.
Timur Kapadze – 29 oʻyin, 5 gol.
Lutfulla Toʻrayev – 27 oʻyin, 4 gol.
Jasur O. Hasanov – 26 oʻyin, 5 gol.
Ikrom Aliboyev – 25 oʻyin, 2 gol.
Jasur J. Hasanov – 23 oʻyin, 3 gol.
Dilshod Rahmatullayev – 17 oʻyin, 2 gol.
Sardor Mirzayev – 10 oʻyin.
Damir Koyashevich – 8 oʻyin, 1 gol.

⚽️ Hujumchilar:
Marat Bikmayev – 27 oʻyin, 11 gol.
Temurxoʻja Abduxoliqov – 21 oʻyin, 8 gol.
Ruslan Koryan – 10 oʻyin, 2 gol.
Moʻydin Mamazulunov – 10 oʻyin, 3 gol.
Alisher Shogʻulomov – 1 oʻyin.

✅ Jamoa safida eng koʻp maydonga tushganlar: Sanjar Shoahmedov bilan Timur Kapadze.
✅ Jamoa toʻpurari Sanjar Shoahmedov – 14ta gol. Ikkinchi oʻrinda Marat Bikmayev – 11 gol.

#LPFC #LokomotivUzb #GoReds