Aleksandr Xomyakov: “Lokomotiv“ ushbu mavsumda chempionlik uchun kurashsa kerak“

Superliganing 1-tur doirasida “Lokomotiv“ga qarshi oʻyindan keyin “Andijon“ bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

– Barchani yangi mavsum bilan tabriklayman. Oldinda chiroyli oʻyinlar bizni doimo xursand qilishini istayman. Futbolchilar startdayoq katta kuch bilan oʻynashmoqda. Kecha chempionatning ilk oʻyinida ham yuqori shiddatni koʻrdik. Muxlislar bugun ajoyib bahsni kuzatib borishdi. Tomonlar faqatgina hujumga eʼtibor berishgani uchun juda koʻplab vaziyatlar boʻldi. Shu boisdan jamoamiz endi oldinga qarab intiladi va yuqori natijalar haqida oʻylaydi.

– “Andijon“ Oʻzbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri boʻlgan “Lokomotiv“ga qarshi munosib qarshilik koʻrsatdi. Xoʻsh, jamoaning oldiga qanday vazifalar qoʻyildi?

– Hozircha bu borada rahbariyat bilan gaplashib olmadik. Umid qilamanki, yaqin vaqtlarda bu haqida bu borada kelishib olamiz. Ha, mavsum oldidan jamoamizda katta oʻzgarishlar boʻldi. Ikkita oson boʻlmagan oyni oʻtkazdik. Jamoaga yuqori potensialli futbolchilarni olib keldik. Ular bilan boshqa jamoalarga yetarlicha qarshilik koʻrsata oladigan, raqobatbardosh jamoa tuzishimga ishonaman.

– Mavsumoldi transferlar oynasida olib kelingan futbolchilardan koʻnglingiz toʻldimi?

– Ha, albatta. Barcha qarorlarni oʻzim qabul qildim. Yigʻinlar davomida futbolchilar oʻzlarini koʻrsatishga intilishdi. Timur Usmonov nima uchun Litvekov oʻrnida asosiy tarkibda oʻynadi? Timur biroz tezkorroq va birinchi boʻlimdagi uslubimizga koʻproq mos tushardi. Toʻgʻri, Timurning oʻyini biroz oʻxshamagan boʻlishi mumkin. Ammo. Toʻgʻri, uning oʻrniga Artyom tushishi mumkin edi. Jjamoaning barcha aʼzosi yuqori salohiyatga ega. Mavsum endigina boshlandi. Barcha futbolchilarga katta imkoniyatlar taqdim qilinadi.

– Hakamlik borasida nimalar deya olasiz?

– Buni baholay olmayman. Men faqatgina turgan joyimda vaziyatni kuzata olaman. Hakamlarni baholash uchun alohida qoʻmita tashkil qilingan va ular bu borada ishlaydi.

– “Lokomotiv“da soʻnggi 5 yil ichida katta oʻzgarishlar boʻldi. Nima deb oʻylaysiz, jamoa ushbu mavsumda qaysi oʻrin uchun kurasha olishi mumkin?

– Bu borada gapirish qiyin. Hozircha chempionatdagi barcha jamoalarning oʻyinlarini koʻra olmadim. Shu boisdan baho bera olmayman. “Lokomotiv“ soʻnggi yillarda oʻzbek futboli bayroqdori maqomini oldi. Ular ushbu mavsumda doimgidek chempionlikka oʻynashsa kerak.