“Vodiy Super Cup-2019”. Tarbiyalanuvchilarimiz yarim finalda!

Namangan va To’raqo’rg’onda “Vodiy Super Cup-2019” musobaqasi davom etmoqda.

Qayd etish kerak, ushbu turnirning chorak final uchrashuvlari bo’lib o’tdi. Unda “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari Chustning BO’SM jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. O’yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa jamoamiz 4:3 hisobida g’alabaga erishdi va turnirning yarim finaliga yo’llanmaga ega chiqdi.

Ushbu bosqichda tarbiyalanuvchilarimizga “Farovon” jamoasi raqiblik qiladi. Bahs 12 dekabr kuni soat 15:00da start oladi.