“Vodiy Super Cup-2019”. 3-turda ham g’alaba

Namangan va To’raqo’rg’onda davom ettirilayotgan “Vodiy Super Cup-2019” turnirining 3-tur uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

Dastlabki 2 turda g’alaba va durangga erishgan yosh futbolchilarimiz 3-turda ham g’alaba qozonishdi. Bu safar Namangan FA 3:0 hisobida tor-mor keltirildi. Shu orqali jamoamiz o’z guruhida 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

Endi ertaga tarbiyalanuvchilarimiz musobaqaning chorak finali doirasida Chustning BO’SM jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.