Temurxoʻja Abduxoliqovga omad tilaymiz!

Hujumchi Temurxoʻja Abduxoliqov faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi.

2014-2015-yilda jamoamiz tarkibida harakat qilib, keyinchalik 2018-yilda yana bir bor jamoaga qaytgan Temurxoʻja Abduxoliqov BAAning “Xorfakkan” jamoasiga oʻtdi.

Shu vaqt mobaynida hujumchimiz jamoamiz tarkibida barcha turnirlarda umumiy 120 uchrashuvda maydonga tushdi va 64 gol kiritdi. Uning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz.

BAA Pro-ligasi debyutanti hisoblangan jamoa ushbu mavsum chempionatning 2 oʻyinida 1 ochko toʻplagan.

Temurxoʻja Abduxoliqovning statistikasi
2011-2013 “Paxtakor” 64 oʻyin, 22 gol
2014/2015 “Xayduk” (Xorvatiya) 10 oʻyin, 1 gol
2015-2016 “Lokomotiv” 50 oʻyin, 30 gol
2017/2018 “Al Sayliya” (Qatar) 33 oʻyin, 17 gol
2018-2019 “Lokomotiv” 37 oʻyin, 17 gol