Futbolchilarimiz “ICT Expo 2019” koʻrgazma haftaligida qatnashishdi

Poytaxtimizdagi “OʻzEkspoMarkaz” binosida “ICT Expo 2019” koʻrgazma haftaligi davom etmoqda.

Ajoyib texnik qurilmalar, yangicha kashfiyotlar namoyish qilinadigan tadbirga texnik xamkorimiz “UzTelecom” tomonidan “Lokomotiv” futbolchilari ham taklif etildi va chiroyli shou uyushtirildi.

Sardor Mirzayev, Anzur Ismoilov va Islom Toʻxtaxoʻjayev kabi asosiy tarkib futbolchilarimiz mehmon boʻlgan shouda futbolsevar muxlislar oʻzlarining toʻp bilan qay tariqa yaxshi harakat qila olishlarini barchaga namoyish qilishdi. Yakunda 5 nafar muxlis “Lokomotiv” PFK hamda “UzMobile” tomonidan qoʻyilgan sovgʻalarning egasi boʻlishdi.