“Lokomotiv” futbolchilari qisqa muddatli taʼtilga chiqishdi
Kecha boʻlib oʻtgan “Bunyodkor” – “Lokomotiv” oʻyinidan keyin “temiryoʻlchilar” murabbiylar shtabi futbolchilarga toʻrt kun dam berishga qaror qildi.
FIFA kunlari munosabati bilan 28-avgust – 10-sentyabr oraligʻida Coca Cola Superliga bahslari oʻtkazilmaydi. 19-tur uchrashuvlari 13-sentyabrdan start olishi ikkinchi davra taqvimida belgilab qoʻyilgan. “Lokomotiv” navbatdagi oʻyinini 15-sentyabr kuni oʻz maydonida “Metallurg”ga qarshi oʻtkazadi.
Asosiy tarkib jamoamiz 31-avgust kuni yigʻilib mashgʻulotlarni davom ettiradi. Yoshlarimiz esa 30-avgustdan Rufat Akramxoʻjayev qoʻl ostida mashgʻulotlarga kirishadi.