Samvel Babayan: “Jizzaxda bundan-da yaxshiroq oʻynagandik”

Superliganing 15-turi doirasidagi “Lokomotiv” – “Dinamo” (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

– Umuman olganda qiyin oʻyin boʻldi. Endi “Lokomotiv”ning oldida oson oʻyinlar boʻlmaydi. Barcha raqiblar bizga qarshi oʻzgacha kayfiyatda maydonga tushishmoqda. “Dinamo”ning oldingi oʻyinini ham tomosha qilgandik. Bugungi bahs bilan solishtirsak, “Dinamo” ikki xil oʻyin namoyish qildi. Ammo koʻproq eʼtiborni men oʻz jamoamga berishni istayman. Ruhiy tushkunlikdan chiqib olib, gʻalaba qozongani uchun yigitlarga rahmat aytaman. Oʻyin davomida uzoq vaqt gol ura olmaganimiz uchun bugun bir necha vaziyatlarda biroz asabiylashdik.
Eʼtiborlisi, gollarni hujumga javob beradigan futbolchilar kiritdi. Endi biz koʻproq gʻalabalarga erishib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Oʻyin sifati va natijasi borasida hali anchagina ishlashimiz kerak.