Oston Oʻrunov: “Shifokorlar 4 oyga safdan chiqqanimni aytishgandi”

“Lokomotiv” – “Dinamo” (2:0) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi Oston Oʻrunov oʻyin haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

– Murabbiyimizning koʻrsatmalarini yaxshi bajarganimiz uchun oʻyinni unchalik qiyin oʻtdi deb ayta olmayman. Shu boisdan biz gʻalabaga erishdik.

– Bunday issiq havoda oʻynash qiyin emasmi?
– Ha, qiyin. Ammo biz shunga majburmiz.

– Jizzaxdagi magʻlubiyatdan keyin jamoani oʻziga keltirish uchun qanday oʻzgarishlar qilindi?
– Oʻyin davomida koʻplab vaziyatlardan foydalana olmagandik. Shu boisdan Jizzaxdagi magʻlubiyatni tasodif desa ham boʻladi. Endi buyogʻiga gʻalabalar uchun koʻplab gollar urishga harakat qilamiz.

– Mavsum boshlanishidan oldin sizda jarohat bor deyishgandi. Shu gaplarga aniqlik kiritsangiz.
– 4 oy jarohat bilan oʻynadim. Oʻshanda jarohatlanganimda shifokorlar 4 oyga safdan chiqqanimni aytishgandi. Hozir esa ancha yaxshiman. Oʻyin payti baribir biroz ogʻriq sezilmoqda. Ogʻriqlar oʻtib ketganidan keyin yanada kuchliroq boʻlib qaytaman.

Fursatdan foydalanib, aytib oʻtsam, namanganlik muxlislardan minnatdorman. Garchi boshqa jamoa tarkibida oʻynasam ham ular har bir oʻyindan oldin mening telefonimga xabarlar yozib, omad tilashmoqda.