Sherzod Karimov “Lokomotiv”ga qaytdi

2018-yilgi futbol mavsumining birinchi yarmini “Lokomotiv”da oʻtkazgan tajribali yarim himoyachi Sherzod Karimov yana “temiryoʻlchilar” safiga qaytdi.

Maʼlumki, Sherzod Karimov oʻtgan yil birinchi davrani “Lokomotiv”da oʻtkazib, ikkinchi davra oldidan “Navbahor”ga yoʻl olgandi.

Bu yil esa mavsumning birinchi yarmini “Surxon”da oʻtkazgan yarim himoyachi yana “Loko”ga qaytdi. U jamoamizda 4-raqamda harakat qiladi. Shu oʻrinda biz Sherzod Karimovga “Lokomotiv”ga xush kelibsan deb qolamiz va omad tilaymiz.

Quyida Sherzod Karimovning Oʻzbekiston chempionatidagi statistikasini keltirib oʻtamiz:

2009-yil. “Paxtakor”. 18 oʻyin, 1078 daqiqa, 3 gol.
2010-yil. “Paxtakor”. 21 oʻyin, 1009 daqiqa, 1 gol.
2011-yil. “Paxtakor”. 20 oʻyin, 1191 daqiqa, 4 gol.
2012-yil. “Paxtakor”. 23 oʻyin, 1503 daqiqa, 5 gol.
2013-yil. “Paxtakor”. 9 oʻyin, 527 daqiqa, 2 gol.
2014-yil. “Paxtakor”. 18 oʻyin, 720 daqiqa, 1 gol.
2015-yil. “Paxtakor”. 28 oʻyin, 1902 daqiqa, 4 gol.
2016-yil. “Paxtakor”. 18 oʻyin, 1522 daqiqa, 5 gol.
2017-yil. “Paxtakor”. 23 oʻyin, 1613 daqiqa, 2 gol.
2018-yil. “Lokomotiv”. 1 oʻyin, 62 daqiqa.
2018-yil. “Navbahor”. 14 oʻyin, 989 daqiqa.
2019-yil. “Surxon”. 8 oʻyin, 536 daqiqa.