Bugun futbol. “Lokomotiv” – “Dinamo”

Bugun Superliganing 15-tur bahslariga start beriladi. “Lokomotiv” oʻz maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi.

Quyida ushbu oʻyinga doir baʼzi maʼlumotlarni keltirib oʻtamiz:

“Lokomotiv”
– “Lokomotiv” ikkinchi davraning dastlabki bahsini Jizzaxda “Soʻgʻdiyona”ga qarshi oʻtkazib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
– Turnir jadvalida “Loko” ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 27 ochko bor. Toʻplar nisbati 24-11.
– Bugungi bahs “temiryoʻlchilar” uchun uydagi 9-uchrashuv boʻladi. Avvalgi 8ta bellashuvning 6tasida “Lokomotiv” gʻalabaga erishib, ikki bor durang qayd etgan.
– “Lokomotiv” 2017-yilning 21-sentyabridan beri oʻz uyida yutqazmay kelmoqda. Jamoa oxirgi marta shu kuni “Paxtakor”ga imkoniyatni boy bergan.
– “Lokomotiv” uydagi oxirgi ikkita uchrashuvni gʻalaba bilan yakunladi. Avvaliga “Surxon” 5:1, undan keyin “Soʻgʻdiyona” 2:0 hisobida magʻlub etildi.

“Dinamo”
– Superliga debyutanti “Dinamo” ham ikkinchi davrani magʻlubiyat bilan boshladi. Jamoa oʻtgan tur Toshkentda “Bundyokor”ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
– “Dinamo” turnir jadvalida 18 ochko bilan 8-oʻrinda boryapti. Toʻplar nisbati 18-20.
– “Dinamo” bugun safardagi yettinchi oʻyinini oʻtkazadi. Davron Fayziyev shogirdlari bungacha oʻtkazilgan 6ta oʻyinning uchtasida durang oʻynab, uch bor magʻlub boʻlishgan. “Dinamo” hali safarda gʻalaba qozonmagan.
– “Dinamo” shu paytgacha “Loko”ga qarshi 25ta oʻyin oʻtkazib, shundan 11tasida gʻalaba qozongan.

Oxirgi besh oʻyin

Toshkentda boʻlib oʻtgan oxirgi beshta oʻyinning hammasida “Lokomotiv” gʻalaba qozongan. Toʻplar nisbati 11-3.

2017-yil. “Lokomotiv” – “Dinamo” 2:0
2015-yil. “Lokomotiv” – “Dinamo” 2:1
2014-yil. “Lokomotiv” – “Dinamo” 1:0
2013-yil. “Lokomotiv” – “Dinamo” 3:1
2012-yil. “Lokomotiv” – “Dinamo” 3:1