Jamshid Iskanderov: “Yangi g’oyalar ikkinchi davrada jamoaga katta yordam beradi”

“Lokomotiv” yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov Coca Cola Superligasi ikkinchi davrasidan oldingi fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

– Samvel Babayan bilan oldin ham birga ishlaganman. Uning mashg’ulot uslubida yangiliklar ko’p. Jamoadoshlarim bilan uning g’oyalarini o’zimizga singdirib, o’rganib boryapmiz. Har bir murabbiy yangi jamoasiga o’zining yangicha g’oyalari bilan boradi. Biz buni bir necha sinov-nazorat o’yinlarida sinab ko’rdik. Ishonaman, yangi g’oyalar ikkinchi davrada jamoaga katta yordam beradi.

“Lokomotiv”ning yangi futbolchilari jamoaga tezda qo’shilib keta olishmoqda. Chunki ular bilan yaxshi tanishmiz. Shuningdek, ularning mahorati, qobiliyati “Lokomotiv”ni kuchaytira oladi.