Marat Ismoilov “Lokomotiv” futbolchilariga “Oʻyin qoidalari” boʻyicha maʼruza qildi

Bugun sobiq hakam Marat Ismoilov “Lokomotiv” futbolchilariga oʻyin qoidalarida yuz bergan oʻzgarishlar boʻyicha maʼruza qildi.

Bir kunlik seminar “Lokomotiv” futbol klubining bazasida tashkil etildi. Bunda Marat Ismoilov va uning sherigi Arslon Xotamov FIFA tomonidan tadbiq etilayotgan oʻzgarishlarning har biriga alohida toʻxtalib oʻtishdi.

Maʼruza davomida jamoamiz futbolchilari oʻzlarini qiziqtirgan bir qator savollar bilan mutaxassisga murojaat qilishdi va muhim javoblarni olishdi.

img_0048 img_0037