Bugun futzal bo’yicha O’zbekiston XXIII milliy chempionati 6-tur to’rtinchi kun uchrashuvlari bo’lib o’tdi.
Unda “Lokomotiv” futzalchilari “Bunyodkor”ga qarshi derbini o’tkazishdi va 3:1 hisobida g’alabaga erishishdi. Bahsda “Lokomotiv” futzalchisi Farhod Abdumavlonov dubl qayd etdi.
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” 1:3
Gollar: Farhod Abdumavlonov (11, 24), Najmiddin Normirzayev (12), Sarvar Shoahmedov (21).
“Bunyodkor”: Dastlabki beshlik – Mirislom Miraliyev, Timur To’raqulov, Jasur Sodiqov, Jamoliddin Normirzayev, Xurshid Najimov.
Zahiradagilar – Olimjon Vohidov, Aleksey Loktionov, Ulug’bek Abdullayev, Akbar Abrayev, Ilhomjon Karimov, A’zam Saidahmatov, Umidjon Zayniddinov, Alisher Xolmuhammedov.
“Lokomotiv”: Dastlabki beshlik – Abbos Elmurodov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov, Javlon Anorov.
Zahiradagilar: Asomiddin Jamoliddinov, Jamoliddin Sharipov, Nodir Eliboyev, Sarvar Shoahmedov, Abdulla Solihov, Mirzohid Xaydarxodjayev, Shuhrat Tojiboyev, Muzaffar Ahadjonov, Klim Tyugayev.