Andrey Fyodorov: Bugun bir necha nafar yosh o`yinchilar ilk marta maydonga tushdi

Liga kubogi guruh bosqich 1-turi doirasidagi “Lokomotiv” – “Buxoro” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:

– Bugun tarkibda katta o`zgarishlar bo`lgani sababmi yoki raqib kuchiga to`g`ri baho bera olmadikmi, o`yinni o`zimiz istagandek o`tkaza olmadik. Lekin o`z vaqtida o`yinni qaytadan qurdik va o`zimiz ko`nikkan sxemaga o`tgach, o`yinimiz ancha qovushdi. Shundan keyin to`pni ham ko`proq nazorat qila boshladik.

Bugungi uchrashuv bir qator futbolchilar uchun tarkibimizdagi ilk o`yin bo`ldi. Yaxshi hamki, bugungi bahsni yakunda o`z foydamizga hal eta oldik. Bu bugun ilk bor maydonga tushgan yosh futbolchilar uchun yanada qanot bo`ladi. Bugun aralash tarkibda o`ynadik. “Buxoro” jamoasi ham menda yaxshi taassurot qoldirdi, – dedi mutaxassis.