“Lokomotiv” “Qizilqum”ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi

FIFA kunlari sabab Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib “Lokomotiv” “Qizilqum”ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Mazkur nazorat bahsi 8-iyun kuni TTYMI stadionida boʻlib oʻtadi.

Jamoamiz bugundan oʻz bazasida yigʻilib Superliganing 11-turidan oʻrin olgan “Surxon”ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlaydi. Eslatib oʻtamiz, “Lokomotiv” – “Surxon” uchrashuvi 15-iyun kuni “Lokomotiv” stadionida boʻlib oʻtadi va 19:30da boshlanadi.