Shuhrat Muhammadiyev: “Meni qoʻllab turganlarning barchasiga rahmat”

Coca Cola Superligasining 10-turida “Nasaf”ga qarshi uchrashuvda jiddiy jarohat olgan “Lokomotiv” futbolchisi Shuhrat Muhammadiyev oʻzining holati haqida gapirdi.

Eslatib oʻtamiz, Shuhrat bahsning 31-daqiqasida jarohatlanib, shifoxonaga olib ketilgandi.

– Assalomu alaykum, futbol ishqibozlari, barcha doʻstlarim. Meni qoʻllab-quvvatlab turganingiz uchun minnatdorlik bildiraman. Tez fursatda maydonga qaytishga harakat qilaman. Menga bildirilayotgan eʼtibor uchun katta rahmat!