Andrey Fyodorov: Maqsadimiz – faqat g`alaba qozonish edi

“Nasaf” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

– “Lokomotiv” jamoasi ishqibozlarini bugungi g`alaba bilan tabriklayman. O`yin qiyin bo`lishini bilar edik. Zero “Nasaf” tarkibida yoshlar ko`p bo`lsa-da, tartibli va mazmunli o`yin namoyish etadigan jamoa. Kutganimizdek, bahs ancha murakkab kechdi. Bugun biz uchun eng muhimi – g`alaba qozonish edi. Mana yakunda 3 ochkoga ega chiqdik va endi uyga yaxshi kayfiyatda yo`l olamiz, – dedi mutaxassis.

Timurxo’ja Abduxoliqov: – Qarshida hech qachon oson bo’lmaydi. “Nasaf” bilan qiyin o’yinni o’tkazdik. Lekin biz doimo g’alabani ko’zlab kelamiz. Muhimi, ko’zlagan maqsadimizga erishdik. Xursandmiz. Bizga muxlislik qilgan ishqibozlarga rahmat. Terma jamoa? Ochig’i, bu mavzudagi savollardan charchaganman. Savol manzili boshqa joy.