Azamat Komilov asosiy jamoada debyut qildi

Kecha jamoamiz O’zbekiston Kubogi 1-turi doirasida “Zomin”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 88-daqiqasida “Lokomotiv” U-21 jamoamiz sardori Azamat Komilov maydonga tushdi. Shu orqali Azamat asosiy jamoa tarkibida debyutini amalga oshirdi.

Yosh futbolchimizni debyut o’yini bilan tabriklab qolamiz va bunday o’yinlar soni juda ko’p bo’lishini tilaymiz!

img_7382