O’zbekiston Kubogining 1-turi doirasida “Zomin”ga qarshi o’yindan keyin “Lokomotiv” katta murabbiyi Aleksandr Stoymirovichning fikrlari.
– Bugun kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan futbolchilar bilan kichik tajribalar o‘tkazib ko‘rdik. Ularning boshqa pozisiyalarda qanday ekanligini tekshirib oldik. O‘yin kutganimizdan qiyin o‘tdi. Yosh jamoa bizga yaxshi qarshilik ko‘rsatdi. Kubok o‘yinlarida oldindan biror nima kutib bo‘lmaydi, barcha o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi. Guruhdan chiqmagunimizcha o‘yinlar osonroq bo‘ladi. Jarohatlar bobida ham kichik muammolarimiz bor. Bu borada aniqlashtirib olinishi kerak bo‘lgan ishlar talaygina. Jasur Hakimov oyog‘ini sindirib olgan. Hozir Ivan Bulatovich ham oyog‘idan muammosi borligini aytdi. Undan tashqari Ivan Rogachda ham muammolar bor. Shu sababli yangiliklar qilish kerak bo‘lyapti. Kubokdagi navbatdagi uchrashuvlarga tayyorlanish kerak.
Chempionatdagi katta pauza albatta, biroz yoqimsiz. Bunday paytda futbolchining jismoniy holatini, formasini ushlab turish qiyin bo‘ladi. Shuningdek, doimiy ravishda mikrosikllarni o‘zgartirish kerak. Umid qilamanki, O‘zbekistonda bu bir kun kelib, o‘zgaradi. Oldinga harakatlanishda davom etamiz. Navbatdagi uchrashuv “Olimpik Mobiuz”ga qarshi. Ular ham yosh va harakatchan jamoa. Guruhdan chiqishni ertaroq amalga oshirib qo‘yish kerak. Albatta, bu ham oson bo‘lmaydi. Keyin so‘nggi o‘yin “Qizilqum” bilan. Bu “Navbahor”ga qarshi o‘yindan oldingi asosiy tekshiruv bo‘ladi. Keyin, nihoyat, may oyida chempionat o‘yinlari boshlanadi.