👋 Taq, taq! Bizda yana bir yosh debyutant!

💪 14-mart kuni jamoamiz Superliganing 3-turi doirasida “Paxtakor”ni 3:0 hisobida mag’lub etdi.

👉 Ushbu bahsning 87-daqiqasida ikkinchi gol muallifi Damyan Krayishnikning o’rniga Jahongir Xoshimboyev maydonga tushdi.

🚂 Shu orqali 2006-yilda tug’ilgan 17 yoshli Jahongir Xoshimboyev Superligadagi debyutini amalga oshirdi.

✍️ Shuningdek, yana bir ma`lumot: 2003-yilda tug’ilgan Abdulloh Yo’ldoshev Superligada ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bungacha 21 yoshli futbolchimiz 2 marta zaxiradan o’yinga qo’shilgandi.