Aleksandr Stoymirovich: “Qisqa vaqt ichida o‘yinga yaxshi tayyorlana oldik”

Superliganing 3-turi doirasida “Paxtakor”ga qarshi o‘yindan keyin “Lokomotiv” katta murabbiyi fikrlarini bildirdi.

– “Olimpik” bilan o‘yindan keyin bu uchrashuvga tayyorlanishga vaqtimiz kamroq bo‘ldi. “Paxtakor”ning “Nasaf” bilan o‘yinini kuzatdik. “Nasaf” ham biz kabi o‘yin ko‘rsatadi, biz kabi sxemada o‘ynaydi. Yordamchim Marko Bayich bilan o‘sha o‘yinga bordik va ko‘p narsalarni ko‘rib oldik. Vaqtimiz ko‘p emasdi. Bugun ko‘ringanidek yigitlar bilan o‘yinga yuqori darajada tayyorlana oldik. Bu safar biz o‘yin sifatimizni ko‘tara oldik. Natija nuqtai nazaridan bu ijobiy ko‘rinishi mumkin. Biroq keyingi safar bunday hisobda yuta olmasligimiz mumkindir. “Metallurg” bilan o‘yindan keyingi matbuot anjumanida aytganimdek, “Lokomotiv” yangi jamoa qurmoqda. Chempionat davomida jismoniy holatimizni yaxshilab boramiz. Bugungi uchrashuv orqali yigitlar sifatni bir pog‘ona yaxshilab olganini ko‘rsata olishdi. Biroz bo‘shashib, ruhiy tomonlama o‘yinga yuqori darajada tayyorlanishdi. Taktika nuqtai nazaridan “Olimpik” bilan o‘yindagi holat o‘zgarmadi. Faqatgina o‘zimizga muammo keltirishi mumkin bo‘lgan narsalarni olib tashladik. Futbolchilar ko‘p texnik xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Shu sababli ularni ruhan tayyorlash kerak bo‘ldi. Yigitlarni tabriklayman, ular bu o‘yinda haqli g‘alabaga erishishdi. Harakat qilishdi va yuqori daraja namoyish qila olishdi. Takrorlayman, bu safar uchta gol urgandirmiz, keyingi o‘yinda bunday bo‘lmasligi mumkin.