🚂 “Lokomotiv” chempionatni uyda qanday boshlagan?

⚽️ “Lokomotiv” bu mavsum dastlabki turni 3-mart kuni o‘z maydonida “Metallurg”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 17:15da start oladi.

👉 2004-yildan beri O‘zbekiston oliy ligasida ishtirok etib kelayotgan “Lokomotiv” bungacha 7 marta mavsumning ochilish o‘yinini o‘z maydonida o‘tkazgan.

28.02.2020 “Lokomotiv” – “Andijon” 2:1
04.03.2013 “Lokomotiv” – “Buxoro” 5:1
13.03.2010 “Lokomotiv” – “Neftchi” 3:1
02.03.2007 “Lokomotiv” – “To‘palang” 1:0
11.03.2006 “Lokomotiv” – “Traktor” 1:2
20.03.2005 “Lokomotiv” – “Samarqand-Dinamo” 0:1
05.03.2004 “Lokomotiv” – “Samarqand-Dinamo” 4:0

⚽️ Shu o‘yinlarning 5tasida jamoamiz g‘alaba qozonib, ikki bor mag‘lub bo‘lgan. O‘ylaymizki, uydagi sakkizinchi o’yinni ham g‘alaba bilan yakunlaymiz.

P.S. Surat 2020-yil bo‘lib o‘tgan “Lokomotiv” – “Andijon” bahsida olingan bo‘lib, jamoamiz mavsumning ilk o‘yinini 2:1 hisobida yakunlagan edi. O‘shanda rossiyalik hujumchi Kirill Pogrebnyak dubl qayd etgandi.