“Lokomotiv” U-21 Antaliya-2024 yig’inini durang bilan yakunladi

Sadriddin Abdullayev boshchiligidagi U-21 jamoamiz Turkiya-2024 yig’inlari doirasidagi so’nggi nazorat o’yinini o’tkazdi.

Unda Yaponiyaning “Kanazava” jamoasi raqib vazifasini o’tadi va uchrashuvda tomonlar 2:2 hisobida durang qayd etdi.

“Lokomotiv” – “Kanazava” (Yaponiya) 2:2
Gollar: Muhammadali Xabibullayev, Ismoilbek Usmonxo’jayev.
“Lokomotiv”: Daniil Baklanov, Kamronbek Yigitaliyev, Xamidulloh Mamajonov, Og’abek Shomurodov, Chingiz Seytjanov, Muhammad-Yusuf Husanov, Muhammadali Xabibullayev, Ibrohimjon Qurbonov, Abdulloh Abrorxo’jayev, Azamat Komilov, Nikolaos Akopov.
Zaxiradan tushganlar: Javohir Mubarakov, Ismoilbek Usmonxo’jayev, Azizbek Abdumajitov, Po’latxon Jumaxonov, Behruz Abdusattorov.