“Lokomotiv” Antaliya-2024 yig’inidagi so’nggi nazorat o’yinida g’alabaga erishdi

Bugun kunning ikkinchi yarmida jamoamiz Antaliya-2024 yig’inlari doirasidagi so’nggi nazorat o’yinin o’tkazdi.

Unda Krasnodarning “Kuban” jamoasi yirik 3:0 hisobida taslim qilindi. Dastlabki bo’limda tomonlar darvozalarni ishg’ol qilishmadi. Ikkinchi bo’limda esa Izzatilla Abdullayev bir, Sardor Abdunabiyev esa ikki marta o’z nomini tabloga yozdirib qo’ydi.

“Lokomotiv” – “Kuban” (Krasnodar) 3:0
Gollar: Izzatilla Abdullayev (50), Sardor Abdunabiyev (60, 63).
“Lokomotiv”: Abdumavlon Abdujalilov, Abdulazizxon Abdurashidov, Muhammadanas Hasanov, Ivan Rogach, Dilshodjon Komilov, Abubakir-Rizo Turdialiyev, Damyan Krayishnik, Lazizbek Mirzayev, Izzatilla Abdullayev, Jasur Hakimov, Ivan Bulatovich.
Zaxiradan tushganlar: Suhrob Sultonov, Sardor Abdunabiyev, Sobit Sindarov, Jahongir Hoshimboyev.
“Kuban”: Dmitriy Ternovskiy, Arkadiy Solop, Valeriy Chuperka, Maksim Vedeneyev, Nikita Bakalyuk, Yevgeniy Osipov, Igor Bezdenejnix, Olivye Kenfak, Konstantin Kertanov, Ilya Gruznov va ko’rikdagi 2 futbolchi.
Zaxiradan tushganlar: Bogdan Reyxmen, Islam Jilov, Albert Sharipov