👉 27-oktyabr kuni ushbu mavsum futbolchilik faoliyati bilan xayrlashgan Marat Bikmayev klubimiz tizimida ish boshlagani haqida xabar bergandik.
💥 Bugun Marat Bikmayev klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, “Lokomotiv” PFK bosh menejeri etib tayinlandi. Ma’lumot uchun, shu paytgacha ushbu lavozimda To‘labek Abrarovich Akramov ishlab kelayotgandi.
⚽️ Endilikda “Lokomotiv”ning barcha yoshdagi jamoalari faoliyatini ta’minlash, klub tizimidagi kadrlar siyosatini olib borish Bikmayev zimmasidagi vazifa hisoblanadi.
👉 Shu o‘rinda Marat Rifkatovichga yangi lavozimda omad va zafarlar tilab qolamiz.👍