🔥 RUSTAM SOIROV – “Lokomotiv”ning 2023 yildagi “Eng yaxshi futbolchisi”!

👉 Nihoyat, Telegram kanalimizdagi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi futbolchisi” aniqlandi. Uch bosqichdan iborat so‘rovnoma o‘z yakuniga yetdi va hal qiluvchi finalda Rustam Soirov 58 foiz ovoz to‘plab birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

👉 Jaloliddin Jumaboyev 28 foiz ovoz to‘plab ikkinchi bo‘lgan bo‘lsa, darvozabon Abdumavlon Abdujalilov 14 foiz ovoz bilan uchinchi bo‘ldi.

⚽️ Rustam Soirov “Loko” tarkibida bu mavsum sermahsul harakat qilib, 11ta gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi hamda “temiryo‘lchilar”ning Pro Ligadan Superligaga qaytishida muhim rol o‘ynadi.

🇹🇯 Tojikistonlik hujumchi (vinger)ni “Lokomotiv”ning 2023 yildagi “Eng yaxshi futbolchisi” bo‘lgani bilan tabriklaymiz!👏💪

photo_2023-12-20_20-33-01