Marat Bikmayev klubimiz tizimida ish boshladi ✅

👉 Yaqinda futbol bilan xayrlashgan tajribali hujumchi Marat Bikmayev bundan buyon “Lokomotiv” PFK tizimida faoliyat olib boradi.

😌 Tez orada uning qaysi lavozimda ishlashi e’lon qilinadi. Ma’lumot uchun, Bikmayev “Loko” libosida barcha rasmiy musobaqalarda 200ta o‘yinda maydonga tushib, 93 bor gol muallifi bo‘lgan.