🇺🇿 Terma jamoamiz va futbolchilarimizga omad! 👏

👉 Bugun Indoneziyada o‘smirlar o‘rtasida U-17 jahon chempionati start oladi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi guruhdagi dastlabki o‘yinni soat 14:00da Mali termasiga qarshi o‘tkazadi.

🏆 U-17 jahon chempionatida “Lokomotiv”ning uch nafar futbolchisi – Quvonchbek Abrayev, Lazizbek Mirzayev hamda Aminbek Yoqubov – terma jamoamiz sharafini himoya qiladi.

Yigitlarimizga va U-17 jamoamizga omad yor bo‘lsin! 💪