🚂 Maydonni yangi mavsumga tayyorlash boshlandi

⚽️ Pro Liga g‘olibi “Lokomotiv” kelasi yil Superligada ishtirok etadi. Tabiiyki Superliganing talablari boshqa va ancha jiddiy.

🏟 Birinchi navbatda har bir jamoaning uy stadioni yaxshi holatda bo‘lishi shart. Mavsum yakuniga yetgach, “Lokomotiv” o‘yingohida maydonni yangi mavsumga tayyorlash ishlari boshlab yuborildi.

✅ Tez orada yangi chim yotqiziladi va maydon yanada ko‘rkam holatga keladi.